Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş yuzasidan ötkazilgan jamoatçilik fikrini örganiş böyiça Respublika işçi guruhining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bergan.
Tadbirda senatorlar, Madaniyat vazirligi, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Din işlari böyiça qömita, Xotin-qizlar qömitasi, Musulmonlar idorasi, Yoşlar ittifoqi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Savdo-sanoat palatasi kabi davlat va jamoat taşkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön törtinçi yalpi majlisida qabul qilingan “Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş masalalari haqida”dagi Qarorning ijrosi tahlil qilindi.
Respublika işçi guruhi a'zolari uşbu masala böyiça jamoatçilik fikrini örganiş natijalarini, şuningdek fuqarolardan kelib tuşayotgan taklif va tavsiyalarni muhokama qildilar. Qayd etilganidek, bildirilgan uşbu fikr-mulohaza va takliflar guzarlarda aholiga qulay töyxonalar quriş, kafe va restoranlar, san'atkorlar tomonidan körsatiladigan xizmat haqini, oilaviy tadbirlar, ayniqsa, oş beriş tadbirlari ötkaziliş vaqtini tartibga soliş, mehmonlar sonini aniqlaş masalalarini, şuningdek töy bilan boğliq turli xil tadbirlar ötkaziş, asl an'analarimiz va qadriyatlarimizga zid bölgan bema'ni-baçkana odatlarga yöl qöymaslik bilan boğliq masalalarni hal etişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Örganişlar jarayonida aholidan bu borada jamoatçilik nazoratini örnatiş zarurligi haqida asosli takliflar kelib tuşdi. Tumanlarda istiqomat qiluvçilar hududlarning öziga xos jihatlariga, töy-haşam va oş beriş marosimlarida iştirok etuvçilar soniga, töy marosimlarini ötkaziş vaqtida kelin-kuyovni olib yuradigan yengil avtomaşinalar miqdoriga alohida e'tibor qaratiş lozimligini bildirdilar. Jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga qat'iy amal qiliş zarurligi, şuningdek pullik avtotransport xizmati litsenziyaga ega bölmagan taşuvçilar tomonidan körsatilişiga, milliy urf-odat va an'analarni mensimaslik, şuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarçilik holatlariga, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga putur yetkazilişiga yöl qöymaslik böyiça talablar ijro etilişini nazorat qiliş zarurligi ta'kidlandi.
Yiğilişda töyxonalarning infratuzilmasini yaxşilaş, masalan, avtotransport vositalarini saqlaş joylarini barpo etiş, kafe va restoranlarga yaqin hududda yaşovçi aholining tinçligi va osoyiştaligini buzmaslik, ovoz darajasi uçun qoida va normalar belgilaş, sanitariya-gigiyena qoidalariga, oziq-ovqat mahsulotlari sifat talablariga, xavfsizlikka rioya etiş böyiça aholidan kelib tuşgan takliflar atrofliça muhokama qilindi.











