Maşhur Instagram tarmoği suratlar va videolarni yuklaş imkonini işga tuşirdi. TechCrunch'da şu haqida xabar berildi.
Instagram öz foydalanuvçilariga kontentlarni yuklaşga ruxsat berdi. Data Download funksiyasi hozirça faqat saytda mavjud, biroq işlab çiqaruvçilar uni ilovaga ham tatbiq qilişga va'da berişmoqda.
Aftidan, aynan yangi funksiyani kiritişga tayyorlaniş jarayonida Instagram faoliyatida uzilişlar kuzatilgan. Keçadan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ilova va saytning işlaşidan şikoyat qilişayotgan edi.
Foydalanuvçilar asosan akkauntga kirişda, yangiliklar lentasida va saytda muammolarga duç kelişganini ma'lum qilişgan.











