Qöşma Ştatlar sobiq prezidenti katta Jorj Buş jonlantiriş bölimidan oddiy palataga ötkazildi. Bu haqda Buşlar oilasi rasmiy vakili Jim Makgrat tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Prezident Jorj G. U. Buş Hyustondagi Metodist şifoxonasi intensiv terapiya bölimidan oddiy palataga ötkazildi. Kutilişiça, u bu yerda yana bir neça kun davomida qoladi. Uning es-huşi joyida va şifoxona xodimlari, oila a'zolari hamda döstlari bilan gaplaşmoqda. Şifokori uning ahvolidan ança xursand», - deya yozgan Makgrat.

Şuningdek vakilning yozişiça, katta Buş barçaga duo va ezgu niyatlar uçun minnatdorlik bildiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq katta Jorj Buş şifoxonaga olib ketilgani xabar qilingandi.