KXDR yetakçisi Kim Çen In yopilişi haqida 21 aprel kuni ma'lum qilgan yadroviy sinov maydonçasi toğ yonbağri qulab tuşgani tufayli foydalanişga yaroqsiz bölgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xitoylik seysmologlar tadqiqotiga asosan yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, toğ yonbağrining qulaşi portlaşdan söng sodir bölgan. Şuningdek ta'kidlanişiça, yaqin vaqt içida olimlar hisobotning töliq matnini e'lon qiladi.
Avvalroq OAV KXDR yadro sinovlarini nega töxtatgani haqida xabar bergandi. South China Morning Post naşri ma'lumotlariga köra, Kim Çen In yadro sinovlarini töxtatiş haqidagi qarorni Pungeri yadro poligonida 2017 yilning kuzida röy bergan avariya tufayli qabul qilgan, u tunnellardan birining öpirilişi va radioaktiv moddalar sizib çiqişiga sabab bölgani aytilyapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yetakçilari qaçon uçraşişi ma'lum bölgandi.













