Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni» - AQSh aqlli raketalar haqidagi Moskva bayonotiga izoh berdi
Foto: Reuters
Pentagon Rossiya Bosh shtabi tomonidan qanotli raketalar bo‘laklari ko‘rsatilganiga izoh berdi. Ular Suriyaga koalitsiya kuchlari tomonidan uchirilgan edi, deb xabar bermoqda CNBC.
AQSh harbiy mahkamasi rasmiy vakili Erik Paon buni «Rossiyaning yolg‘on axborot tarqatish bo‘yicha kampaniyasiga doir navbatdagi misol» deb atadi.
«Biz Rossiya davlat OAV tomonidan berilgan bayonotlardan tashqari, boshqa hech qanday dalillarni ko‘rmadik. Shu tariqa, ularning bu boradagi iddaolari to‘g‘ri ekanini bildira olmaymiz», - deya izoh bergan Paon.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi g‘arb davlatlari tomonidan Suriya hududiga qarata 14 aprel kuni uchirilgan qanotli raketalar bo‘laklarini ko‘rsatgandi. Ta'kidlanishicha, gap «Tomagavk» dengizda joylashtiriluvchi raketalar, shuningdek Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan uchirilgan SCALP va Storm Shadow aviatsiya texnikasida joylashtiriladigan qanotli raketalar bo‘laklari haqida ketyapti.
Mavzuga oid
23:05 / 19.03.2026
AQSh Amerika vizasi uchun 15 ming dollarlik garov dasturini kengaytirdi
22:36 / 19.03.2026
Eron urush boshlanganidan beri birinchi marta Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotiga zarba berdi
19:11 / 19.03.2026
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
14:13 / 19.03.2026