Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Suriya masalasiga doir xalqaro konferensiyada çiqiş qilib, mamlakat parçalanişining oldini olişga çaqirdi.

"Suriyani parçalaşni töxtatiş kerak, aksinça, uni qanday qilib birlaştiriş mumkinligi masalasini körib çiqiş kerak", - dedi Mogerini.

Bryusseldagi Suriya böyiça konferensiyaning asosiy natijasi mazkur muammo böyiça turli pozitsiyalarni qöllovçi tomonlarning bu muammoni harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligiga doir kelişuvi böldi, dedi Federika Mogerini.

"Biz barça muammolar darhol hal qilinişini kutganimiz yöq, asosiysi, bir-birining pozitsiyasini qöllab-quvvatlamaydigan mamlakatlar vakillari Suriya mojarosini harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligi borasida hamfikr bölişdi", - deydi u.

Mogerini öz çiqişida mazkur konferensiya Jyeneva jarayonini qayta tiklaşga çaqirganini qayd etdi. 

24-25 aprel kunlari Bryusselda bölib ötayotgan Suriya böyiça xalqaro anjumanga 85 mamlakat va xalqaro taşkilotlar taklif qilingan. 

Mogerinining ma'lum qilişiça, Eron bilan atomga doir kelişuv özgarişsiz qolmoqda va uni bajarişda davom etiş kerak.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Amerika davlat rahbari Donald Tramp bilan uçraşuvdan keyin Eron yadroviy dasturi böyiça yangi bitim ustida işlamoqçi ekanini ma'lum qilgan. Makronning sözlariga köra, yangi bitim tört punktdan iborat böladi: 2025 yilgaça Eron yadroviy dasturining bloklanişi, har qanday yadroviy faollikka davomli taqiq, Eron ballistik dasturini töxtatiş va mintaqadagi siyosiy barqarorlik uçun şaroit yaratiş.