Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yiğilişi davom etmoqda. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
“Buxoroda bölgan yiğilişning natijasidan Toşkentda ötirgan hamma rahbarlar xulosa qilsin. Juda köp odam hayfsan olgan, işdan ham ketadi. Toşkent şahar hokimiga ham boş vazirdan boşlab, hamma örinbosarlari, hamma vazirlar yordam beradi.
Yaqinda qaror çiqadi: bundan buyon Toşkentda ötirgan hamma rahbar, vazirlarning 70 foiz hayoti viloyatda ötadi. Toşkentda ötirişga heç kimga ruxsat bermayman. 32 mln xalqni içida 2,5 mln Toşkent, qolgan hammasi viloyat. Odamlarimiz qanday ahvolda yaşayotganini televizordan köryapsizlar: çakki tomayotgan, suvi yöq, gazi yöq, kanalizatsiya yöq, çiroği yöq...”, - dedi prezident.












