Janubiy Koreya prezidentlik ma'muriyati rahbari Lim Çjon Sokning ma'lum qilişiça, KXDR yetakçisi Kim Çen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In Koreya yarim orolini ajratib turuvçi harbiy-demarkatsion çiziqda daraxt ekadi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.
Prezident ma'muriyati rahbari bunday öziga xos ramziy marosim haqida oliy darajadagi uçraşuv matbuot markazida taşkil etilgan anjuman davomida aytib ötdi.
Xabar qilinişiça, davlat rahbarlari sammitdan söng, uç yillik Koreya uruşi tugagan payt – 1953 yilda ösişni boşlagan qarağayni ekişadi. Daraxt yonida «Tinçlik va farovonlikning ekilişi» yozuvli toş örnatiladi. Daraxt uçun tuproq Janubiy Koreyaning Çedjudo orolidagi Xallasan toğidan va KXDRning Xitoy bilan çegarasidagi Pektusan vulqonidan olib kelinadi.
Şuningdek ta'kidlanişiça, Kim Çen In daraxtga Seul orqali oqib ötuvçi Xangan daryosidan, Mun Çje In esa – Şimoliy Koreya hududidan ötuvçi Tedongan daryosidan olingan suvni quyadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yetakçilari qaçon uçraşişi ma'lum bölgandi.














