Yaponiyalik tadqiqotçilar guruhi A vitamini asosidagi kimyoviy birikmalar eng keng tarqalgan jigar saratoni turi - gepatotsellyulyar kartsinom (GTsK) retsidivining oldini olişga qodir ekanini aniqladi. Olimlar tadqiqotlarining natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etildi.
Dunyoda GTsKdan har yili 600 mingga yaqin kişi hayotdan köz yumadi. Kasallikning boşlanğiç bosqiçida unga qarşi jarrohlik aralaşuvi yordamida samarali kuraşiş mumkin, biroq aksariyat holatlarda retsidivlar röy beradi va kasallikni davolab bölmaydi.
Kasallikning qaytişiga yöl qöymaslik uçun olimlar jarrohlik amaliyotidan keyin yuqori dozada asiklik retinoid qabul qilgan onkobemorlar jigarlaridan töqimalar zarraçalarini olişdi. Tadqiqot davomida ma'lum bölişiça, birikma jigar hujayralarida ösimtalar rivojlanişiga turtki beruvçi MYCN geni ekspressiyasini kamaytiradi. Tahlil natijalari saraton hujayralarida MYCN faolligiga tösqinlik qiliş xavfli töqima ösişini töxtatadi va ölik hujayralar sonini oşiradi.
Tibbiyot xodimlari Janubiy Koreya, Singapur va Tayvanda bemorlar iştirokida asiklik retinoid klinik sinovlarini ötkaza boşlaşdi.











