Ryusei «Ryudzi» Imai — Bryus Lining Yaponiyada yaşovçi 8 yoşli aşaddiy muxlisi. Bola yoş bölişiga qaramay, kuniga 4 soatdan köproq maşq qiladi, sevimli sportçi va aktyoriga taqlid qiladi, uning muşaklariga esa hatto katta yoşlilar ham havas qilişi mumkin.
Bola haqida birinçi bölib uç yil avval gapira boşlaşdi, öşanda ijtimoiy tarmoqlarda kiçik Ryudzi Bryus Lining "Ölim öyini" filmidagi xatti-harakatlarini körsatib bergan video tarqalgan edi. Foydalanuvçilar kiçik bolaning nunçaklarni kumiri kabi mahorat bilan öynatişini körib ajablanişgan edi. "Kiçik Bryus Li" haqida OAVda yoza boşlaşdi, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga esa minglab foydalanuvçilar yozila boşlaşdi.
Şunday bölsa-da, kutilmaganda kelgan maşhurlik bolani esankiratib qöymadi. U jismoniy maşqlarni taşlab qöymadi va sevimli aktyoriga taqlid qilişda davom etmoqda. Ryudzining otasi aytişiça, u har kuni soat 6:00 da uyqudan turib, maktabga ketişdan avval 1 yarim soat maşqlarga vaqt ajratadi. Maktabdan keyin bir soatça yuguradi, keyin ikki soat davomida nunçaklar bilan maşq qiladi. Natijada kuniga 4 yarim soat vaqtini jismoniy maşqlarga bağişlaydi. Şu bilan birga, otasi boşçiligida Ryudzi Bryus Li öylab topgan Jit Kun-Do ("ilgarilovçi muşt yöli") texnikasini örganmoqda.




Bola birinçi marta Bryus Li iştirokidagi filmni 1 yoşligida körgan, 4 yoşga borib esa maşq qilişni va kumiriga taqlid qilişni boşlagan.

















