Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga işlangan davrga boğliq holda homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar miqdoriga taalluqli özgartirişlar kiritildi. Tuzatişlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuçga kirdi, deb yozmoqda Norma. 
 
Eslatib ötamiz. Homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqa miqdori ayol işga qabul qilingan kundan boşlab amalda işlangan vaqtiga qarab tabaqalaştirilgan:

• 6 oygaça – örtaça oylik iş haqining 50%i;
• 6dan 12 oygaça – 75%i;
• 12 oydan ortiq – 100%i.

 
Endi esa 6 oygaça bölgan iş stajida nafaqalarni tölaş tartibi bekor qilindi va işga qabul qilingan kundan boşlab 12 oydan kam iş staji bölganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75%. Ya'ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy işlab «dekret ta'tili»ga çiqqan bölsa, uning nafaqasi miqdori  ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni taşkil etadi.