Bosh boshqarma boshlig‘i Majid Tohirov, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan 100 ming so‘mlik banknotlar haqidagi xabarlarga va uning ko‘rinishi aks etgan suratlarning tarqalib ketgani borasidagi savollariga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar qilmoqda Uznews.

Foto: FACEBOOK

Majid Tohirov bu suratga o‘z munosabatini bildira turib, suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, bunday ma'lumot faqatgina Markaziy bank rasmiy saytida e'lon qilinganidan keyingina, ma'lumotga rasmiy deb qaralsa bo‘lishini ta'kidladi.
 
Shuningdek, Majid Tohirov aholi o‘rtasida bunday mish-mishlarni tarqatadigan va bunday banknotalarni suratlarini e'lon qiladigan ijtimoiy tarmoqdagilarga nisbatan chora ko‘rilishi Markaziy bank vakolatiga kirmasligini ham ta'kidladi.