KXDR yetakçisi Kim Çen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In Pxanmunjomda qarağay daraxtini ekiş marosimida iştirok etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, davlat rahbarlari uç yillik Koreya uruşi tugagan payt – 1953 yilda ösişni boşlagan qarağayni ekişgan. Daraxt yonida «Tinçlik va farovonlikning ekilişi» yozuvli toş örnatildi. Daraxt uçun tuproq Janubiy Koreyaning Çedjudo orolidagi Xallasan toğidan va KXDRning Xitoy bilan çegarasidagi Pektusan vulqonidan olib kelindi. 

Kim Çen In daraxtga Seul orqali oqib ötuvçi Xangan daryosidan, Mun Çje In esa – Şimoliy Koreya hududidan ötuvçi Tedongan daryosidan olingan suvni quydi.

«Umid qilamanki, ekilgan qarağay bizning munosabatlarimizni ham mustahkamlaşga hissa qöşadi», - deya ma'lum qildi Kim Çen In.

Pxanmunjomda yetakçilar yakkama-yakka suhbatlaşişgani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya va KXDR yetakçilari birgalikda daraxt ekişlari xabar berilgandi.