Sport | 11:49 / 27.04.2018
32356
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona oyog‘i yo‘q qozog‘istonlik bolakayning orzusini amalga oshirdi

Foto: Videodan kadr

Argentinalik afsonaviy futbolchi, ayni damda BAAning ikkinchi divizionidagi «Al Fujayra» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Maradona oyoqlari yo‘q bolakay bilan futbol o‘ynadi. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar qilmoqda.

Qozog‘istonlik yosh ishqiboz Ali Amir ijtimoiy tarmoqlarda Maradona bilan uchrashish orzusida ekanini yozgan, hamda argentinalik uni mashg‘ulot jarayoniga taklif qildi.

Oyog‘i yo‘q qozog‘istonlik bolakay argentinalikning bergan zarbalarini qaytargan hamda to‘p kiritishda qo‘llaridan foydalangan. Maradona mashg‘ulotdan so‘ng Amirga sovg‘alar berdi va futbolkasiga o‘z dastxatini qo‘ydi. O‘z navbatida Amir jahon futboli afsonasiga qozoq choponi va do‘ppini hadya qilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid