«Barselona» hujumçisi Lionel Messi öz nomini savdo markasiga aylantiriş huquqiga ega böldi, deb xabar beradi VVS. Endi bu brend sport tovarlari sohasida işlatiladi.

Argentinalik futbolçi bunga erişiş uçun 2011 yilda ariza topşirgan edi. Biroq, Ispaniyaning velosipedlar işlab çiqaruvçi «Massi» kompaniyasi bunga norozilik bildirdi. Velobrendning ta'kidlaşiça, nomlar bir-biriga juda öxşaş va tuşunmovçilik keltirib çiqarişi mumkin edi. Şundan söng, Yevropa Ittifoqining intellektual mulk idorasi «Massi» kompaniyasi yonini olib, futbolçining arizasini rad qildi.

Ammo Messi oradan 7 yil ötgaç, Yevropa Ittifoqi Umumiy sudiga şikoyat qilib, ğalaba qozonişga muvaffaq böldi. Sud fikriga köra, futbolçi juda maşhur va uning nomidan foydalanişda heç qanday tuşunmovçilik yuzaga kelmaydi.