Nigeriya milliy assambleyasining bir qator senatorlari mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriyga qonun çiqaruvçilar roziligisiz AQŞdan samolyotlar sotib oliş uçun 496 mln dollar miqdoridagi davlat mablağlarini ajratgani uçun impiçment e'lon qilişga çaqirişdi. Bu haqda Premium Times naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, bunga Edo ştatidan senator Metyu Urogide çaqirgan. Uning aytişiça, prezidentning qarori konstitutsiyaning buzilişi hisoblanadi va şu sababli Buxoriy öz harakatlari uçun javob berişi kerak. Buxoriyning ta'kidlaşiça, u milliy assambleya bu xaridni ma'qullaşiga şubha qilmagani sababli davlat mablağlarini ajratişni ma'qullagan.
“Men senat e'tiborini mamlakat xavfsizligi sohasidagi favqulodda hodisalarga qaratişni istayman. Bu çaqiriqlarni ştatlar gubernatorlari, söngra milliy iqtisodiy kengaş yiğilişida muhokama qilganmiz. Yiğilişda xavfsizlik masalalarini hal qiliş uçun zaxira fondidan bir milliard dollargaça mablağ oliş va qöllaşga ruxsat beruvçi rezolyutsiya ma'qullangandi”, deb aytgan Buxoriy.












