Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi davom etmoqda. Bu haqda yiğilişda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.

“Boş vazir örinbosari Xolmurodov va Qöçqorovlar ikki hafta muddatda qişloq aholisining içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş uçun zarur böladigan mablağlar manbalarini aniqlasin. Bunda xalqaro moliyaviy institutlar mablağlarini jalb etiş böyiça zarur çoralarni köringlar. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Agar biz odamlarga içimlik suvi yetkazib bera olmasak, biz nimani qilgan bölamiz? Kasallik qayerdan çiqyapti? Bolalar qayerdan sariq kasal bölmoqda? Odamlar çidab kelmoqda, lekin endi çidamaydi. 

Bundan taşqari, boş vazir örinbosari Sultonov, Xolmurodov, “Özsanoatqurilişbank” – Voitov, bir hafta muddatda qişloqlardagi elektr ta'minotini yaxşilaş işlarini amalga oşiriş uçun “Özbekenergo”ga imtiyozli şartlarda va uzoq muddatli 100 mlrd söm kredit ajratiş masalasini hal qilişi kerak. Oldimizda 4-5 oy, keyin kuz, qiş boşlanadi. Qilamiz, sifatsiz qilamiz. Bu kerak emas menga, odamlar çarçagan. Sifatga e'tibor qaratilişi kerak”, - dedi davlat rahbari.