Özbekiston Musulmonlari idorasi Islomda «ibodat libosi kabi tuşunça yöqligi»ni bildirdi. Şu örinda qonunçilikda nazarda tutilgan holat, ya'ni musulmonlar uçun römol va boşqa kiyimlarni ibodat libosi sifatida qabul qilmaslikni sörab, qonunçilikka özgartirişlar kiritilişini taklif qilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«​Islomda bunday tuşunça yöq, kişining avrati yopiq bölişi söraladi. Qanday kiyimda bölsa ham, ibodat uçun [mos va pokiza] bölişi söraladi. Şuning uçun bu terminlarni (ibodat libosi - tahr.) qayta körib çiqiş kerak. U ibodat libosi degan terminni muomaladan çiqarib taşlaş lozim»​, – deydi Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.

Ma'lumot uçun, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunning 14-moddasida diniy urf-odatlar va marosimlar haqida söz boradi. Unda aytilişiça, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmaydi.

Aynan şu nuqtayi nazardan qaralganda, ayollarning römol örab jamoat joyida yurişi, davlat taşkilot va idoralarida mehnat qilişiga norasmiy taqiq joriy etilgan. Uşbu holatga mutasaddilar ikki yöl bilan javob berişi mumkin: jamoat joyida ibodat libosida yuriş mumkin emasligi yuqorida qayd etilgan modda bilan taqiqlangan. Yoki taşkilot xodimlarining axloq-odob, mehnat qiliş içki tartib qoidalariga köra, xodim iş joyida boş kiyimsiz, belgilangan tartibdagi iş libosida yurişi lozim. Vaziyatdan oydinlaşadiki, vijdon erkinligi kabi konstitutsion huquq va e'tiqod erkinligi quyi hujjatlar bilan moslaştirilmagan.

Muftiy Usmonxon Alimov ta'kidlaganidek, Islom dinida «ibodat libosi» degan tuşunça mavjud bölmasa, (çunki dinda har qanday kiyim bölsa ham, belgilangan tartibga köra kiyiniş odobi körsatilgan) tegişli qonunlar yangi tahrirda qabul qilinişi lozim. Xuddi şu farazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nuriyman Abulhasan ham tasdiqladi.

Foto: Xalqaro Press Klub

«​Tez orada bu masalaga nuqta qöyiladi: «ibodat libosi» tufayli turli tuşunmovçiliklar yuz bermaydi»​, deydi u.

Nuriyman Abulhasanning aytişiça, römol örab yuriş böyiça heç qanday taqiq mavjud emas. Köçada minglab ayollar erkin özi istagan libosda yurişi uçun Özbekistonda barça şaroit bor. Biroq, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Oq oltin şaharçasida istiqomat qiluvçi N.Ş. jamoat joyida römol örab yurgani uçun huquqbuzar sifatida ma'muriy javobgarlikka tortilgani haqida maqola