AQŞ milliy arxivi prezident Jon Kennedining joniga qasd qiliş bilan boğliq işga doir 19 ming hujjatni e'lon qildi. Bu 2017 yilning iyulida boşlangan materiallarning sönggi partiyasidir.

Ta'kidlanişiça, şu kunga qadar maxfiy tutilgan ma'lumot 2021 yilning 26 oktabriga qadar maxfiylikni saqlaş zarurati bilan qayta körib çiqilişi kerak. 

Hujjatlarni çop etiş töğrisidagi qonun 1992 yildayoq tönğiç Jorj Buş tomonidan imzolangan. Unga köra, barça materiallar 25 yil davomida maxfiyligiça qolişi kerak bölgan, biroq bu muddat tugaşi bilan davlat rahbari tomonidan ma'qullangan hujjatlar ommaga çiqişi mumkin bölgan.

2017 yilda prezident Donald Tramp bu hujjatlarni oşkor qilişga qaror qildi.

1963 yilning 22 noyabrida Dallasda Jon Kennedining joniga qasd qilingan. Rasmiy versiyaga köra, qotillik snayper Li Xarvi Osvald tomonidan amalga oşirilgan. Ikki kundan keyin uning özini ham öldirişgan - Osvaldni federal qamoqqa yöllaş  uçun politsiya uçastkasidan olib çiqişgan vaqtda Jyek Rubi unga qarata öq uzgan.