Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu tarixiy qadam». Erdo‘g‘an KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari uchrashuviga munosabat bildirdi
Anqara KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning uchrashuvini ma'qullaydi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
«Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilarining o‘zaro uchrashuvi haqidagi yangilikni xursandchilik bilan qabul qildim. Bu Koreya yarim orolini yadrosizlantirish va aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishidagi tarixiy qadam. Umid qilamanki, ushbu jarayon muvaffaqiyatli davom etadi», - deya yozgan u Twitter’dagi sahifasida.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, bu masala uning Mun Chje In bilan Seulda 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi davomida muhokama etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya urush yakunlanganini e'lon qilish niyatida ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026