Isroil harbiy-havo kuçlari Ğazo sektorida falastinliklarning «yerosti infratuzilmasiga» hujum qildi. Bu uşbu hududdan uçirilgan raketaga javoban yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» isroillik harbiylarga tayangan holda.

«Isroil mudofaa armiyasi, aviatsiyadan foydalanib, Isroilga qarata otilgan raketaga javoban Ğazo sektorining janubiy qismidagi yerosti infratuzilmasiga hujum qildi», - deya xabar berişgan Isroil armiyasidan.

Harbiylar aviatsiya zarbasi berilgan aniq nişonlarni oçiqlaşmagan.

Kuni keça Ğazo sektoridan uçirilgan raketa esa xarobazorda qulagan bölib, heç kimga ziyon yetkazmagani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiyada Isroil harbiy havo kuçlari tomonidan urib tuşirilgan Eronga tegişli uçuvçisiz uçar qurilmani namoyiş etar ekan, Tehronni Isroilning sabrini sinamaslikka çaqirgandi.