“28 petel”. Bu muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlarga kiyim-boş töqib beruvçi xayriya guruhining nomi. Jajji paypoqçani töqiş uçun spitsaga aynan 28 ta ilmoq (xalqa) oliş kerak bölarkan. Guruh nomi ham şundan kelib çiqqan. Guruhning Toşkent böyiça koordinatori Yelena Semerdjidi bu xayrli iş qanday boşlanganini şunday sözlab berdi:

— Qozoğistonda vaqti-soatidan oldin tuğilgan gödaklarga öz qöllari bilan kiyim-boş töqib tarqatuvçi insonlar borligini eşitib qoldim. Şifokorlardan sörab-suriştirsam, bunday çaqaloqlarda tana haroratining doim bir xil bölib turişini nazorat qiluvçi tizim juda sust “işlaydi”. Bolaning vazni qança kam bölsa, organizmning issiqlik yöqotiş ehtimoli şunça yuqori böladi. Oqibatda çaqaloq ona sutini yaxşi hazm qilolmasligi, infeksiyalarni tez yuqtirişi, nafas yetişmovçiligi kabi holatlar yuzaga kelişi mumkin. Şuning uçun mittivoylarning tana haroratini 36,5 – 37,5 daraja oraliğida uşlab turiş nihoyatda muhim. Jundan töqilgan nimçalar, şapka, paypoqçalar ularni isitişga yordam beradi. Aynan jundan! Negaki, jun odamni yaxşi isitadi, natijada qon tomirlari kengayib, qon aylanişi yaxşilanadi. Ayniqsa, qöy juni heç qanday allergiya qözğatmaydi. Tabiiy jun tolasidan töqilgan kiyimlar şu tariqa vazni öta kiçik çaqaloqlarga hayotidagi bu murakkab bosqiçni yengilroq boşdan ötkazişlariga kömak beradi. 

Foto: “28 petel” xayriya guruhi

Bu ma'lumotlarni bilgaç, öylab qoldim. Bizning yurtimizda ham har kuni önlab çaqaloqlar belgilangan muddatidan oldin tuğiladi. Töqişni-ku bilaman, böş vaqtim ham bor. Nega endi ularga yordam qölini çözmasligim kerak?

Instagramdagi sahifamga şu fikrlarni yozganimda bor-yöği beş kişi menga xayrixohlik bildirdi. Biz birgalaşib çaqaloqlar va ularning onalariga yordam berişga kelişib oldik. 2017 yil 17 aprel kuni birinçi marta özimiz töqigan kiyimlar komplektini Respublika perinatal markaziga topşirdik. Öşanda şunaqangi hayajonlanganmizki... Sovğamizni tuğuruq bölimidagilar qabul qilib olişganidan söng esa özimizni benihoya baxtli his qilganimiz hamon yodimda.  

Foto: “28 petel” xayriya guruhi

Hozir guruhimiz safi ança kengaygan. Adaşmasam, 60dan ortiq yigit-qiz bor. Ular muntazam ravişda kiyimçalar töqib berişadi. “Yangilarga” esa agar bilişmasa, töqişni ham örgatamiz. Ular çaqaloqlarga ilk tuhfasini öz “hisobi”dan, ya'ni özi xarid qilgan ipdan töqiydi. Keyinçalik “homiy”larimiz olib bergan iplardan foydalanişadi. Biz “homiy” deb atasak-da, aslida, ular bizdek oddiy odamlar. Birining boşidan şu holat ötgani, ya'ni farzandi “çala” tuğilganida buning qiyinçiligini öz tanasidan ötkazgani, boşqasi esa insoniylik nuqtai nazaridan bizga ip va töqiş anjomlarini olib berişadi.