Alloh har bir bandasiga umr şamini hadya etgan. U kimdadir uzoq yonadi, boşqa birovda esa qisqa. Ne bölsa-da, barçamiz Yaratgan huzuriga yöl olamiz. Çunki bu odam bolasining peşonasida yozilgan taqdiri ilohiy.
KUN.UZ tahririyati tomonidan namanganlik 11 yoşli Sardorbek uçun xayriya aksiyasi taşkil etilgan edi. Allohga şukr, tanimasada Sardorbek uçun jon kuydirib, unga ham moddiy, ham ma'naviy kömak berganlar köp uçradi. Ammo...

Sardorbekning dadasi bizga qönğiroq qilib, öğli olamdan ötganini, unga yordam bergan barçadan minnatdor ekanligini aytib yiğladi. Farzand doği eng azobli dard. Bu musibat heç kimning boşiga tuşmasin ekan. Biroq biz Yaratganning qazoi qadariga iymon keltirganmiz, özi beradi, özi oladi. KUN.UZ tahririyati Sardorbekning oila a'zolariga sabru-jamil tilaydi, çuqur hamdardlik izhor etadi.










