Atoqli matematik olim, Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Mahmud Salohiddinov şu yil 27 aprelda 85 yoşida vafot etdi. Prezident va hukumat a'zolarining ta'ziyasi matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
M.Salohiddinov 1933 yil 23 noyabrda Namangan şahrida tuğildi. 1958 yili Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning matematika fakultetini tugatib, şu dargohda aspiranturada tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinçalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1974 yilda ilm-fan sohasidagi köp yillik samarali xizmatlari uçun Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.
M.Salohiddinov öz mehnat faoliyatini 1959 yili Özbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida kiçik ilmiy xodim sifatida boşladi. Uşbu maskanda katta ilmiy xodim, bölim mudiri, direktor örinbosari va direktor lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat körsatdi.
Katta ilmiy salohiyat va taşkilotçilik qobiliyatiga ega bölgan atoqli olim köp yillar davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Fanlar akademiyasining Matematika instituti bölim mudiri kabi mas'ul vazifalarda xalqimiz va Vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va ta'lim sohalarini rivojlantiriş, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi.
Olimning zamonaviy özbek matematika maktabini dunyoga tanitişda muhim ahamiyatga ega bölgan fundamental tadqiqotlari, ilmiy işlanmalari, monografiya va maqolalari yurtimiz va çet el ilmiy jamoatçiligi örtasida yuksak e'tirofga sazovor böldi.
Tajribali olim mohir va talabçan murabbiy sifatida köplab yoşlarga ustozlik qildi. Uning rahbarligida önlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.
M.Salohiddinov mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida ham faol iştirok etdi. U bir neça bor respublikamiz parlamentiga a'zo etib saylangan edi.
Akademik M.Salohiddinovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uçun”, “Mehnat şuhrati” va “Buyuk xizmatlari uçun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Mahmud Salohiddinovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.












