Ostonada davom etayotgan “III Yevroosiyo xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi” qizğin pallaga kirdi.

Avval xabar qilinganidek, xalqaro körgazmada Özbekiston delegatsiyasi munosib iştirok etmoqda.

Özbekiston matbuot va axborot agentligi Boş direktorining birinçi örinbosari S.Şukurov boşçiligidagi delegatsiya Qozoğiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi mas'ul kotibi Q.Ualiyev bilan uçraşuv ötkazdi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Xalqaro körgazma doirasida taniqli yozuvçi va şoirlar, madaniyat namoyandalari bilan uçraşuvlar, kitob tarğibotiga doir tadbirlar davom etdi.

“Korme” körgazmalar markazining konferensiyalar zalida Özbekiston xalq şoiri, Oliy Majlis Senati qömita raisi Iqbol Mirzo bilan ijodiy uçraşuv, “Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: islom olamining buyuk dahosi” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Kunning ikkinçi qismida körgazmaning faol iştirokçilarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi
Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Yevroosiyo xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi Taşkiliy qömitasi tomonidan Özbekiston matbuot va axborot agentligi, Agentlik tizimidagi “Özbekiston”, Ğafur Ğulom, Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari, “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasi, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” naşriyot-matbaa markazi, “Hilol nashr” naşriyot-matbaa korxonasi, “Buxoro kitob olami” mas'uliyati çeklangan jamiyati xalqaro körgazmadagi faol iştiroki uçun taqdirlandi.

Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi (“Vneklassnoye çteniye” – 1-4 sinflar uçun möljallangan darsdan taşqari kitobi uçun) “Eng yaxşi öquv adabiyoti”, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (“Özbek xalq ertaklari” kitobi uçun) “Bolalar va ösmirlar uçun eng yaxşi kitob” nominatsiyalarida maxsus diplomni qölga kiritdi.