AQŞ Erondan farqli, Suriyada vayronkor rol öynaydi va buning uçun javob berişi kerak. Bunday fikrni Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif Ostona jarayoni kafil davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvi yakuniga köra bildirdi.
Zarif AQŞni Suriyada “turli elatlar örtasida ziddiyatlarni keltirib çiqariş, turli guruhlardan foydalaniş”da aybladi va şu sababli “kimdir Yaqin Şarqda vayronkor rol haqida gapiradigan va buning uçun javob beradigan bölsa, unda bu AQŞ hukumatidir” deb aytdi.
Zarifning aytişiça, Eronning Suriyadagi roli IŞID, “Jibhat an-Nusra” va boşqa terrorçilik guruhlariga qarşi kuraşdan iborat.
Zarif, şuningdek, AQŞning Iroqqa hujumi va Afğonistondagi harakatlariga ham töxtalib ötdi. Uning aytişiça, AQŞning mintaqadagi siyosati “faqatgina vayrongarçiliklar va ekstremizmning kengayişiga olib keldi”. “Eron bu vayronkor siyosat hamda bu siyosat natijasida vujudga kelgan ixtiloflarga qarşi kuraşgan”, deb aytgan Zarif.












