2018 yilning 27 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan qaşqadaryolik yoşlar bilan videokonferentsaloqa tizimi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqoti taşkil etildi.

Uşbu onlayn muloqot Özbekiston yoşlar ittifoqi, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida xorijdagi özbekistonlik yoşlar bilan töğridan-töğri muloqot tizimini yölga qöyiş, ularni mamlakatimizda yoş kadrlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va şart-şaroitlar bilan yaqindan taniştiriş, xorijda olgan bilim va tajribalarini yurtimizda amalga oşirişda kömaklaşiş, xorijdagi salohiyatli yoşlarni aniqlaş va ularni yurtimiz sohalarini rivojlantirişga istiqbolda jalb qiliş, xorijdagi yoşlarning imkoniyatlaridan foydalanib Qaşqadaryo viloyatining turistik, iqtisodiy va investitsion salohiyatini tarğib qiliş tizimini yölga qöyiş, yoşlarning ta'lim yönalişlaridan kelib çiqib ularni viloyatdagi şu yönalişda faoliyat olib boradigan tegişli davlat organlariga biriktiriş va özaro aloqalarni yölga qöyiş, ularni qiynayotgan muammolarni hal qiliş çoralarini köriş maqsadida taşkil etildi.

Mazkur muloqotda Rossiya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozoğiston davlatlarida istiqomat qilayotgan viloyat yoşlari Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida taşkil qilingan studiyalar orqali, şuningdek AQŞ, Avstraliya, Daniya va jahonning turli mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan qaşqadaryolik yoşlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatçisi, Özbekiston yoşlar yetakçisi Qahramon Quronboyevning Facebook tarmoğidagi sahifasi orqali olib uzatildi. Yuqorida qayd etilgan davlatlarda mehnat qilayotgan, öqiyotgan 129 nafar qaşqadaryolik yoşlar muloqotda iştirok etiş istagini bildirib röyxatdan ötgan edi.














