Dunyoda ikki davlat o‘rtasida joylashgan ko‘plab shaharlar bor. Ular daryolar, ko‘priklar yoki beton devorlar bilan ajratilgan. Biroq Gollandiya-Belgiya chegarasidagi Barle shahri – juda o‘zgacha joy.

Shaharning Belgiyadagi qismi - Barle-Xertog munitsipaliteti – Gollandiya ichidagi anklav, Belgiya chegarasidan 5 kilometrda joylashgan. Uning hududida esa «ikkinchi tartibdagi» Gollandiya anklavlari joylashgan. Shaharning Gollandiya qismi Barle-Nassau degan nomga ega.

Gollandiya-Belgiya chegarasi bu yerda shunchalik qiziq shaklga egaki, u hech qanday daryolar yoki tabiiy to‘siqlarga qaramaydi, biroq har doim ham ko‘chalar bo‘ylab o‘tmaydi: uylarni turli qismlarga ajratadi, ko‘cha o‘rtasi, bog‘lar yoki uyning ichida keskin burilishlar qiladi.

Mana uy, bu yerda chap tomondagi kirish qismi – Gollandiyada, o‘ng tomondagisi – Belgiyada. Qaysi pod'yezda qaysi mamlakatda ekanini tushunish uchun, raqamlar turli rangga ega: qizil-oq-ko‘k – Gollandiyada va qora-sariq-qizil – Belgiyada.

Foto: 2f.ru

Bu yerda Belgiya va Gollandiya o‘rtasidagi chegara juda murakkab: Belgiya hududi 22ta alohida qismlardan iborat, ularning ichida 7ta Gollandiya anklavi bor. 

Biroq bu nafaqat 2 turli davlat, balki ikkita har xil munitsipalitet ham: Belgiya shahri Baarle-Hertog deb ataladi, Gollandiya - Baarle-Nassau.

Foto: 2f.ru

Murakkab chegara 1200-1650 yillarda flamand feodallari o‘rtasidagi yer savdosi va qarama qarshiliklar tufayli yuzaga kelgan. 1648 yilda esa bu yerlar turli flamand davlatlari tarkibiga kirdi: mustaqil Shimoliy yerlar va Ispaniya istilosi ostidagi hozirgi Belgiya hududi. 1830 yildagi inqilob va 1843 yilda hozirgi Belgiya tashkil etilganidan so‘ng, chegara demarkatsiya qilindi.

Chapda va oldinda – Gollandiya

Foto: 2f.ru

Chapda – Belgiya