26 aprel kuni Ravşan Raşidov boşçiligidagi Toşkent şahar xöjalik sudi kollegiyasi Unitel (Beeline) kompaniyasining apellyatsion şikoyatini rad etdi. Sudning birinçi instansiyasidagi Unitel'dan 26 mlrd 939 mln 774 ming 632 söm miqdoridagi jarima undirişga doir qarori kuçda qoldirildi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2000 yilning 14 avgustida qabul qilingan va joriy yilning 1 iyunida öz kuçini yöqotadigan 318-sonli qaroriga asosan köp milliardli iqtisodiy sanksiyalar qöllangan ikkinçi holatdir. 2017 yilning oxirida Coscom (Ucell) mobil operatori 17 milliard sömlik jarimaga tortilgan edi.
Ikki kompaniya jarimalari radioaloqa normativlariga rioya qilinmaganlik uçun belgilangan. Ta'kidlanişiça, ular uyali aloqa operatorlari böla turib, radioaloqa xizmatlarini körsatişmagan. Beeline'da qayd etilişiça, bu normativ provayderlarga nisbatan doim qöllangan.
Sud qarori öqib eşittirilganidan keyin Unitel vakili şunday dedi: "2016 yilda bizning kompaniyamiz mobil uyali aloqa xizmatlarini taqdim etiş litsenziyasini 2031 yilgaça uzaytirdi. Biroq hozir bizni xizmat körsatiş doiramizga kirmaydigan radioaloqa mezonlari böyiça javob berişga majbur qilişmoqda. Boz ustiga, mazkur hisobot şakli kiritilgan regulyator buyruği hatto Adliya vazirligida röyxatdan ötkazilmagan, bu esa öz-özidan mazkur hujjat asosida moliyaviy sanksiyalarning qöllanilişiga yöl qöymaydi. Biz buni inspeksiya tomonidan qonunçilikni erkin talqin qiliş va öz reglamentlarini qöpol ravişda buziş hisoblaymiz".
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (BMT tuzilmasi) Unitel pozitsiyasini qöllab-quvvatladi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligiga şu mazmundagi rasmiy xat yölladi.
Beeline matbuot xizmatidan "Gazeta.uz"ga xabar berilişiça, mazkur qaror ustidan Oliy sudga şikoyat qiliş, şuningdek xalqaro instansiyalarga murojaat qilinişi ehtimoldan xoli emas.
Kompaniyada ma'lum qilinişiça, ötgan yil oxiridan boşlab Beeline'ning taşqi internet-kanali 10 Gbit/s'dan 25 Gbit/s'gaça kengaytirilgan. Sönggi yillarda şuningdek 1200 dan ziyod yangi bazaviy stansiyalar işga tuşirilgan.
"Beeline şiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda regulyator tomonidan qöllab-quvvatlaniş örniga sud da'vo arizalarini olmoqda. Şubhasiz, bunday bahsli ayblovlar böyiça byudjyetdan bu qadar yirik summalarni oliş kamida investorlar kapitali ösişiga tösqinlik qiladi", - deya izoh berildi Beeline kompaniyasida.












