Özbekiston superligasining 9-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Qöqon-1912» jamoasi «Bunyodkor»ni qabul qildi.
Öyindagi birinçi xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan taşkil etildi. Lekin undan Mirjalol Qosimov şogirdlari unumli foydalana olişmadi. Uçraşuvning 8-daqiqasida esa vakillarimizda yaxşi imkoniyat vujudga keldi. Igor Taranning zarbasiga biroz aniqlik yetişmadi. Taym örtalariga kelib ustunlik qöqonliklar tomoniga ötdi. Mezbonlar ketma-ket hujum uyuştirişdi. Biroq ulardan samara keltira olmadi. 33-daqiqada burçak zarbasidan söng, hisobni oçilişi mumkin edi. «Bunyodkor» himoyaçilari xavfni bartaraf etib qolişdi.
35-daqiqada Sobirxöjayev-Toşmatov-Ğiyosov kombinatsiyasidan söng Xurşidning boşi bilan yöllagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Bu vaziyatda hakam öyindan taşqari holatni ham qayd etdi. 41-daqiqada Milan Spremoda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq serbiyalik öyinçining zarbasiga biroz aniqlik yetişmadi. Legionerimiz deyarli birga-bir vaziyatga çiqib borgandi.
50-daqiqada raqib darvozasi oldida navbatdagi xavfli vaziyat vujudga keldi. Suhrob Berdiyevning kuçli zarbasini Murod Zuhurov katta qiyinçilik bilan qaytarib qoldi. 56-daqiqada jarima maydonçasi içiga oşirilgan töpni Darko Gojkoviç boşi bilan raqib darvozasi tomon yölladi. Biroq zarbaga biroz aniqlik yetişmadi. 72-daqiqada mehmonlar hisobni oçişlari mumkin edi. Ötkir Yusupovning mahorati jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi. 76-daqiqada qarşi hujumdan söng Filip Rayevats yaqin masofadan boşi bilan aniq zarba yöllagandi darvozabonimiz yana özini körsatdi. 80-daqiqada Nosir Otaqöziyevning boşi bilan bergan zarbasini Zuhurov qaytarib qolgandi. Keyingi hujumda esa hisobni oçildi. Aynan Nosir Otaqöziyev himoyadagi pala-partişlikdan unumli foydalandi. Öyin sönggiga qadar hisob özgarmadi va mezbonlar muhim ğalabani qölga kiritdi.
Uşbu ğalabadan «Qöqon» hisobidagi oçkolar soni 13taga yetdi va jamoa 5-öringa kötarilib oldi. «Bunyodkor» esa 16 oçko bilan 3-poğonada qoldi.
Özbekiston Superligasi
9-tur
«Qöqon-1912» – «Bunyodkor» 1:0 (0:0)
Gol: Nosirbek Otaqöziyev (80).
«Qöqon-1912»: 1. Ötkir Yusupov, 7. Jamşid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (5. Ğiyos Komilov, 90), 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Röziyev, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosirbek Otaqöziyev, 75), 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (96. Muhammadanas Hasanov, 56), 55. Darko Gojkoviç, 65. Marko Miliç, 95. Milan Spremo.












