2018 yilning aprel oyida iste'mol bozoridagi narx va tariflar o‘sish sur'ati 0,9%ni tashkil etdi. Shundan, mahsulotlar oy davomida o‘rtacha 0,4%ga hamda xizmatlar 2,7%ga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Caption

2018 yil aprel oyidagi narx indekslarini o‘tgan oylar dinamikasi bilan taqqoslaganda, ushbu oyda xizmatlar narxi o‘sish sur'ati bo‘yicha mahsulotlar narxiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Caption

Tahlil ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida asosiy guruhlar bo‘yicha narxlarning o‘zgarishi va ularning iste'mol narxlari indeksi (keyingi o‘rinlarda INI)ning o‘sishiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasi (keyingi o‘rinlarda f.d.) hamda xizmatlar 0,6 f.d.da ta'sir ko‘rsatgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 0,3%ga qimmatlashib, bu o‘z navbatida INIning umumiy o‘sishiga 0,1 f.d.da ta'sir ko‘rsatdi.

Caption

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o‘sishi hamda pasayishi bo‘yicha yetakchilik mos ravishda meva-sabzavot mahsulotlari va tuxumga tegishlidir.

Caption

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum va shakar mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashgani (mos ravishda 7,5 % va 3,6 %) boisi, ushbu turdagi mahsulotlar bilan ichki bozorning to‘yinganligidir.