Armaniston muxolifati yetakçisi Nikol Paşinyanning ma'lum qilişiça, hukmron Armaniston Respublika partiyasi mamlakat boş vaziri saylovlarini ötkazmaslik böyiça urinişlarni amalga oşiryapti. Bu haqda siyosatçi feysbukdagi öz sahifasida taşkil etilgan jonli efirda aytib ötgan.
«Yaxşi bilasizki, respublikaçilar avvalroq xalqdan nomzod saylanişiga xalaqit bermaslik niyatida ekanliklarini ma'lum qilişgandi va bu bayonotlar yaqinda ular bilan ötkazgan uçraşuvimda ham berildi. Biroq, biz şunday ma'lumotga egamizki, unga köra Serj Sargsyan boşçiligidagi respublikaçilar tungi majlislardan birida Milliy yiğilişga ovoz beriş vaqtida xalqdan nomzod saylanişiga xalaqit berişni möljallaşayotgani oşkor böldi», - deya Paşinyanning sözlarini keltiradi RIA «Novosti».
Muxolifat yetakçisi öz tarafdorlariga 1 may kuni ertalab Respublika maydonida töplanişni taklif qilgan. Şuningdek, bugun Armaniston boş vaziri saylovlari ham bölib ötişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonda boş vazir saylovlari ötkazilişi xabar qilingandi.













