Ukraina prezidentining ma'lum qilişiça, Donbassdagi “terrorçilikka qarşi amaliyot” rejimi yakunlandi. Bu haqda Pyotr Poroshenko Twitter’dagi sahifasida yozgan.
Toşkent vaqti bilan soat 16:00da TQAning örniga Ukraina Birlaşgan kuçlari amaliyoti (BKA) joriy etildi. Kiyevning fikriça, avvalgi şakl özining dolzarbligini yöqotib bölgan.


Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan videoda BKA boşlanişi haqidagi farmonni imzolaş payti körsatilgan. Endi harbiy amaliyotga rahbarlik qiliş Ukraina Xavfsizlik xizmatidan harbiylarga ötadi. Şu bilan birga, Kiyev aniq “terrorçilikka qarşi amaliyotlarni” istisno etmayapti. TQA rejimi tahdid paydo bölsa, istalgan vaqtda joriy etilişi mumkin, deya aniqlik kiritdi Poroshenko.
















