«Barselona» klubi hujumçi Lionel Messi 1000ta gol marrasini zabt etganini e'lon qildi.
Messi «Barselona» tarkibida 687ta öyinda, şu jumladan, örtoqlik öyinlarida ham 583ta gol urgan. Argentina terma jamoasida 123ta öyinda 61ta gol muallifi bölgan. Argentina U20 tarkibida 18ta gol, Olimpiya terma jamoasida 2ta gol urgan.
Bundan taşqari, statistikaga bolalar futbolidagi körsatkiçlar ham kiritildi. Messi Argentinaning «Nyuellz Old Boyz» klubida 234ta, «Barselona» bolalar jamoasida yana 105 marta raqib darvozasini işğol qilgan. Turli körgazmali va xayriya öyinlaridagi gollar inobatga olinmadi.












