Prezident Şavkat Mirziyoyev Çust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Korxona faoliyatini 2015 yilda yonğoq, mayiz va kovulni eksport qilişdan boşlagan. Hozirda bu yerda kungaboqar, fasol, uruğlik kartoşka, duragay makkajöxori, pomidor ham parvarişlanmoqda.
Jamiyat tomonidan intensiv boğ taşkil etilib, eksportbop mevalar yetiştiriş loyihasi amalga oşirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 9,6 milliard söm bölib, yiliga 4 ming 600 tonna yonğoq yetiştiriş, bir yilda 40 milliard sömlikdan ziyod mahsulot oliş rejalaştirilgan. Hosilning 70 foizini eksportga yönaltiriş közda tutilgan.
Prezident mazkur korxona imkoniyatlari bilan tanişdi. Intensiv usulda qurilgan issiqxonani kirib kördi.
Korxonaning 17 sotixlik tajriba uçastkasida meva-sabzavotlar sinovdan ötkazilmoqda.
Aeroponika usulida kartoşka uruği yetiştiriş tajribasi prezidentda katta taassurot qoldirdi. Yoş olim Şerzod Toşpölatov tatbiq etgan bu usul orqali an'anaviy usulga nisbatan 6 barobar yuqori hosil oliş mumkin.
Davlat rahbari uşbu tajriba asosida Namanganda kartoşka uruğçiligini rivojlantirişga doir maxsus qaror işlab çiqiş, butun mamlakatga hosildor uruğ yetkazib beriş böyiça topşiriq berdi.
Şu yerning özida 2018-2019 yillarda baliqçilik, parrandaçilik, çorvaçilik, pillaçilikni rivojlantiriş, tutzorlar taşkil etiş, qurğoqçil maydonlarning suv ta'minotini yaxşilaş, paxtadan böşagan yer maydonlariga bozorgir ekinlar ekiş, bular orqali viloyat eksport salohiyatini yanada oşiriş böyiça loyihalar taqdimoti ötkazildi.
KUN.UZ axborot manbasi xabariga köra, prezident taşrif davomida Töraqörğondagi Işoqxon töra Ibrat majmuasida böladi. Uçqörğondagi “Uztex” yengil sanoat korxonasi faoliyati, Namangandagi “Orzu” massividagi bunyodkorlik işlari bilan ham tanişadi.


















