Keçagi oğir vazndagi jangdan keyin bugun örta vaznli jamoalar örtasida yarim final öyinlari bölib ötadi. «Roma» va «Liverpul» madridliklarning qetma-ket uçinçi ğalabasiga kim tösqin böla olişiga oydinlik kiritadilar.

«Roma»ning «Barselona» ustidan ğalabasidan söng, «Enfild»dagi 2:5 dan keyin ham mezbonlarda imkoniyat qolgani haqida köpçilik gapirmoqda. Bu holatga ikki tomonlama yondoşiş mumkin. Birinçidan, Kloppning gapi töğri, «Liverpul» «Barselona» emas, şu ma'nodaki, jamoa sönggi 10 yilda ilk marotaba YeÇL yarim finalida öynamoqda va raqibni mensimaslik, muddatidan oldin öziga ortiqça baho berib yuboriş holatlari bölmaydi. Bu «Roma»ning vazifasini nisbatan yanada qiyinlaştiradi.

Ikkinçidan, endi «Roma» şunçaki, maydonga tuşiş va imkon tuğilsa, vaziyatni özgartiriş uçun emas, aynan hisobni tenglaştiriş rejasi bilan öynaydi. Çunki, «Barselona»ga qarşi öyin rimliklarga öziga işonişni örgatib qöydi. Stadiondagi muhit ham dastlabki daqiqalardan öşa çorak finaldagidan köra kuçliroq böladi. Bu endi, «Liverpul»ga oson bölmasligini anglatadi. 

JAMOALAR HOLATI
Keçagi raqiblar haqida söz borganda, bunday rukn şart emasdi, çunki «Bavariya» uçun ham, «Real» uçun ham içki çempionatda hammasi yakuniga yetgan, bor e'tiborni Çempionlar Ligasiga qaratişgandi. Bugungi juftlik murabbiylari uçun esa, vaziyat biroz muşkulroq, har ikki jamoa kelasi mavsumda YeÇL da qatnaşiş huquqi uçun ayovsiz jang olib bormoqda.

Bu nuqtai nazardan, «Liverpul»ning kayfiyati raqibiga qaraganda biroz yomonroq deb aytiş mumkin. Klopp jamoasi aynan YeÇL öyinlari oldidan bölayotgan turlarda içki frontda muvaffaqiyat qozona olmadi. «Vest Bromviç», «Everton» va «Stok Siti» bilan duranglar natijasida hozirda «Liverpul» özini töliq xavfsiz his qila olmaydi. Yakşanba kuni liverpulliklar «Çelsi» maydoniga safar qilişini ham ta'kidlaş kerak.
 
«Roma» esa, aksinça, aynan sönggi turlardagi ğalabalari va «Inter»ning mağlubiyati tufayli, kuçli törtlik uçun yaxşi imkoniyat hosil qilib oldi. «Roma» qolgan turlarda bir marta mağlubiyatga uçraşga haqqi bor endi. Şanba kungi öyinda «Roma» Kevo» ustidan yirik – 4:1 hisobida ğalaba qozondi. Edin Jyeko ikki gol urgan bölsa, Şik va El-Şaaravilar bittadan golni öz hisoblariga yozib qöyişdi. Xuddi şu hisob bugungi öyinda ham «Roma»ni qoniqtiradi. 

TARKIBLAR
Tarkiblardagi yöqotişlar kelsak, ötgan öyinda jarohat olgan «Roma» yarim himoyaçilari Kevin Strotman va Diyego Perottilar javob öyiniga tiklanib ulgurmadilar va murabbiy ularni uçraşuv zayavkasiga kiritmadi. Ya'ni bu öyinçilarning bugun maydonga tuşmasliklari aniq.