Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi hamda Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vazirligi istiqbolli oltin konlarini örganiş böyiça bitim imzoladi. Bu haqda Davlat geologiya qömitasi axborot xizmati xabar bergan.
Umumiy qiymati 5 mln dollar bölgan loyiha 3 yilga möljallangan. Birgalikda geologik tadqiqotlar Xurob, Aydim-Jyettimtau va Saritau konlarida ötkaziladi.
Barça uçta istiqbolli kon geologik örganiş işlari uçun xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgan foydali qazilmalarning strategik muhim turlari röyxatiga kiritilgan.
Birinçi ikkita oltin koni Jizzax va Navoiy viloyatlarida joylaşgan. Ularning zahiralari hisoblab çiqilmagan. Saritau konida volfram prognoz körsatkiçlari 740 ming tonnaga, molibden – 24 ming tonna, oltin – 75,2 tonnaga baholanmoqda.

















