AQŞning Hobby Lobby dökonlari tarmoğiga noqonuniy yöl bilan tuşgan, Iroqqa tegişli qadimiy buyumlar 2 may kuni Iroq vakillariga qaytarildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Asori-atiqalar Iroqning Vaşingtondagi elçisi qarorgohida topşirilgan.
“Biz qadimiy yodgorliklarning talon-taroj qilinişi oldini oliş böyiça birgalikdagi işni davom ettiramiz va bunday jinoiy yöl bilan foyda körmoqçi bölganlar javobgarlikka tortiladi”, deb aytgan AQŞ Immigratsiya va bojxona xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi Tomas Xoman.
2017 yil iyulida Hobby Lobby tarmoği AQŞ hukumati tomonidan Iroqqa tegişli bir neça ming qadimiy buyumning kontrabandasi uçun 3 mln dollarlik jarimaga tortilgandi. Buyumlarni bojxonadan ötkaziş uçun ular keramik plitalar namunalari sifatida markirovka qilingan. Tergovçilar qadimiy buyumlar AQŞga BAA va Isroil orqali noqonuniy olib kirilgani va Hobby Lobby’ning korporativ manzillariga yetkazilganini aniqlaşgan.

Bunday yuklardan bir neçtasi belgilangan manzilgaça yetib borgan, qolganlari esa bojxona tomonidan uşlab qolingan. AQŞ hududiga şunday yöl bilan umumiy qiymati 1,6 mln dollarlik 5,5 mingdan köproq qadimiy buyum olib kirilgan. Ta'kidlanişiça, ularning barçasi musodara qilingan.

















