
Finlyandiyada dunyo böyiça eng yaxşi havo sifati mavjud. Bu haqda Finlyandiyaning Meteorologiya instituti Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga asosan xabar bermoqda.
"Kiçik zarraçalar töplanişi – havoni ifloslantiruvçi moddalar Finlyandiyada örtaça bir kub metrga 6 mikrogrammni taşkil etadi, bu boşqa davlatlar bilan taqqoslaganda eng past körsatkiç sanaladi", - deyiladi institut xabarida.
JSST 2008-2016 yillar davomida deyarli yuzta davlatdagi 2,5 ming aholi punktida havo sifati tahlilini ötkazganidan söng öz ma'lumotlarini e'lon qildi. Finlyandiyada uşbu tajribada 11 şahar va Meteorologik institutning ikkita ölçov stansiyasi iştirok etdi.
Röyxat oxiridan Yaqin va Uzoq Şarq, şuningdek Afrika davlatlari joy oldi – u yerda ifloslantiruvçi moddalar ziçligi – turli zararli moddalarga ega çanglar – Finlyandiyadan 10 va undan köproq martaga ortiq. Şu bilan birga, Finlyandiyaga havo sifati darajasi böyiça Estoniya, Şvetsiya, Kanada, Norvegiya, Islandiya ança yaqin.











