2017/18 yilgi Çempionlar Ligasi yarim finalining ikkinçi juftlik javob öyini nihoyasiga yetdi. 

"Roma" öz maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, 4:2 hisobida ğalaba qozondi. 

9-daqiqada Mane mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 6 daqiqa ötib, Milner öz darvozasiga gol kiritib, farqni yöqqa çiqardi. 25-daqiqada Veynaldum "Liverpul"ni yana hisobda oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölimning 7-daqiqasida Jyeko ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi.

Uçraşuv asosiy vaqti tugaşiga 4 daqiqa qolganida Nainggolan rimliklarni hisobda oldinga olib çiqdi, öyinga qöşib berilgan 3-daqiqada uning özi jamoasining 4-golini kiritdi. 

Şu tariqa, "Liverpul" ikki öyin natijasiga köra final yöllanmasini qölga kiritdi. Jamoa finalda "Real Madrid"ga qarşi kuraş olib boradi. 

Roma Italiya – Liverpul Angliya 4:2

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 1:1 – 15, avtogol Milner, 1:2 – 25 Veynaldum, 2:2 – 52 Jyeko, 3:2 – 86 Nainggolan, 4:2 – 90, penalti Nainggolan.
Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Pellegrini (Under, 53), Florentsi, Nainggolan, de Rossi (Gonalon, 69), El-Şaaravi (Antonuççi, 75), Şik, Jyeko.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 90), van Deyk, Firmino (Solanke, 87), Veynaldum, Salax, Milner, Mane (Klavan, 83), Xenderson.
Ogohlantirişlar: Lovren (44), Florentsi (77), Manolas (84), Robertson (84), Solanke (90).

Dastlabki öyin: 2:5