2011 yil martida Yaponiyada dahşatli sunami keltirib çiqargan falokatli zilzila sodir bölgan edi. Minglab insonlarning yostiği quridi, milliardlab dollar bilan ölçanadigan ziyon esa yuz bergan falokat — jahon zamonaviy tarixidagi eng dahşatlilardan biri bölganini anglatadi, deb yozadi Hi-news.ru.

Foto: Hi-news.ru

Bir neça hafta mobaynida jahon afkor ommasining nigohi «Fukusima Dayiçi» atom elektr stansiyasiga qadaldi. Uning xavfsizlik tizimlari sunami oqibatida yetkazilgan ziyonga qarşi turib berolmadi, reaktorning halokatli tarzda erib ketişi 1986 yilda Çernobilda bölganidek, bir neça davlatlarga radiatsiya tarqalişi ehtimolini keltirib çiqardi. Reaktorni qutqarib qolişga bölgan qahramonona uriniş, jumladan, dengiz suvini taşlab uning yadrosi sovutilişi jiddiy halokatning oldini oldi. Hanuzgaça yuzlab insonlar halokat hududidan köçirilmoqda, infratuzilmani tiklaş va tozalaş işlari milliardlab dollar va uzoq yillarni talab etadi.

Radiatsiya insonlar uçun juda xavfli bölgani sababli, Fukusimadagi halokat çoğida radiatsiya darajasini nazorat qiliş va tozalaş jarayonlarini boşlaş uçun robotlarni jönatiş öz-özidan eng töğri qaror edi. Lekin reaktor yadrosi yuragida texnologik optimistlar şunday bir tösiqqa duç kelişdiki, ularga özlarining nekbinligi ham yordam bera olmay qoldi. Radiatsiya u yerga jönatilgan robotlarning sxemalarini ham kuydirib yuborgan, hattoki Fukusima halokatidan qattiq himoya qilinganlarini ham. Yadro stansiyasi sekin-asta robotlar qabristoniga ham aylana boşladi. Garçi ulardan ayrimlari stansiya atrofidagi radiatsiya miqdorini ölçaşga muvaffaq bölgan esa-da, ulardan stansiyani tozalaşda foydalaniş mumkinligi haqidagi umidlar tobora sönib bormoqda.

Tokioning neonli tumani Şibuyada tunlari çiroqlar quyoşdan ham yorqinroq yoritişadi. Ön ikkinçi qavatda joylaşgan karaoke xonalarida — ularning hammasi ön ikkinçi qavatda joylaşgan — biznesmenlar maşhur aşulalarni baqirib xirgoyi qilişmoqda. Bu joy Yer kurrasidagi eng sun'iy makon bölib körinişi mumkin; insonning barça sezgi organlari texnik optimizm bilan falaj qilinadi. Odatda, bu joyning fotosuratlari futurizm va zamonaviylikni anglatadi.

Yaponiya azaldan kelajak texnologiyalariga bölgan muhabbati bilan tanilgan. Masalan, hozir Softbank texnologik giganti öz asosçisi Masayosi Son qöli ostida mamlakatning texnologik kelajagi, jumladan, jahondagi eng yirik quyoş fermasiga milliardlab dollar tikmoqda.