Foto: Getty Images

Ikkita yarim finalni kördik. Kutilgan jamoalar ğolib bölişdi. Biri öta hayajonli öyin körsatdi, biri haddan taşqari oson yutdi. Mantiqan oson yengib kelayotgani xatarli bölişi kerak, a? Yöq, aksinça. Pley-off öyinlari – maşğulot, Kiyevdagi öyin  - jang, öşa gap: maşğulotda qançalik qiynalsang, jangda şunçalik oson böladi.

Uç marta tasodifan finalga çiqmaydilar. Lekin “Real” baribir qiziq jamoa. “Bavariya”ni ham, “Leganes”ni ham 2:1ga yengadi. Menimça, qirollik klubining kuçi aslida kuçida. Kuçli tarkibida, kuçli futbolçilarida. Böldi. Murabbiyi ham ularga mos. Şu. 

Foto: Getty Images

“Bavariya” kuçli öynadi, deyapti köpçilik. Qöşilaman. Ammo qaçon kuçli öynadi? Qaçonki, hisob oçişi kerak bölgan paytda va madridliklar hisobda özib ketgan çoğlarida. Nega, bilasizmi? Aynan öşa onlarda “Real” palapartişroq harakat qiladi. Lekin mana neçançi martaki, madridliklar juda qisqa vaqt içida javob berişyapti. Oldingi mavsum ham, bu yil ham Myunxen jamoasi birinçi bölib darvozani işğol etdi. Öşa golga qadar klub kuçli futbol körsatdi. Zohiran. Aslida esa, bu paytda “Bavariya” gol urişga majbur edi, xolos. “Real” neçançi martaki javobini beryapti va hisobni oşirib ham qöymoqda. Hakamlarning xatosi va yana boşqa faktorlar yetib kelguniga qadar amalga oşirilmoqda bu işlar.

Foto: Getty Images

Maydondagi futbolçilar aslida öz darajalarini yaxşi biladilar. E'tibor bergan bölsangiz, birinçi juftlikda “Bavariya” ğalabaga va finalga har qança haqliroq körinmasin, futbolçilari kimga va qaysi klubga imkoniyatni boy berişganini iç-içlaridan his qildilar. Öyin tugagandagi manzara menda şunday xulosa uyğotdi. Ular özlaridan kuçliroq jamoaga yutqazişganini tan olişdi.

Oldin ham aytganman, “Real”ni yengiş uçun “Real”dan kuçli öynaşning özi kifoya qilmaydi. Madrid superklubi ham yomon öynaşi kerak. Aks holda, tengkuraşlar ostida keçgan bahsda “Real”ni yengib bölmaydi, deyarli imkonsiz.

Eslang, PSJ kuçliroq öynab yutqazdi, “Yuventus” fantastik keçasida baribir qoqildi,  navbatdagi bosqiçda “Bavariya” ham öz böyidan baland sakragan holda mağlubiyatga uçradi. “Real”ning yomon tomoni, natija kerak bölguniça yomon öynayotgandek tasavvur uyğotadi. Aslida, u öz vaqtida qanday öynaşi mumkinligini biladi, xolos. Şuning uçun ham xotirjam harakat qilaveradi.