2017 yilning noyabrida "Öztreyd" kompaniyasi Duşanbeda birinçi marta öz vakolatxonasini oçdi. "Öztreyd Tojikiston" savdo uyi nima bilan şuğullanişi va uning Özbekiston hamda Tojikiston örtasidagi savdo munosabatlari rivojida qanday rol öynaşi haqida vakolatxona direktori Azizbek Yoqubov AsiaPlus'ga sözlab berdi.
Uning sözlariga köra, "Öztreyd" aksiyadorlik jamiyati Özbekiston Taşqi savdo vazirligi huzuridagi tijorat taşkiloti hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy vazifasi işbilarmonlarni qöllab-quvvatlaş orqali eksport salohiyatini kengaytiriş hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib "Öztreyd" buğdoy, töqimaçilik mahsulotlari, elektrotexnika va kabel mahsulotlari, quriliş materiallari, maişiy kimyo va boşqalar bilan şuğullanuvçi xususiy korxonalarga yordam beradi.
Şuningdek kompaniya xomaşyo mahsuloti, mis eksporti hamda uni qayta işlaş mahsulotlari, noyob yer va qimmatbaho metallar eksporti bilan şuğullanadi.
"Öztreyd" kompaniyasi dunyoning 16 mamlakatida öz faoliyatini yuritadi. Rossiya, Hindiston, AQŞ, Qozoğiston va boşqalar şular jumlasidandir.
Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlardagi ijobiy özgarişlar ikki mamlakatdagi köp biznes-tuzilmalarga hamkorlikni yölga qöyiş imkonini yaratdi. "Öztreyd Tojikiston" savdo uyining oçilişi şunday misollardan biridir.
Azizbek Yoqubovning aytişiça, sönggi yilda ikki mamlakat munosabatlarida katta ijobiy özgarişlar röy berdi. Özbekiston va Tojikiston örtasida iqtisodiyot va savdo sohasida erişilgan kelişuvlar köplab biznes kompaniyalarga qöşni mamlakatda öz faoliyatini boşlaş va rivojlantiriş imkonini berdi. Bu masalada "Öztreyd Tojikiston" nafaqat Özbekiston mahsulotini Tojikistonda tarğib qiliş bilan şuğullanadi, balki tojikistonlik işbilarmonlarga Özbekistondagi kompaniyalar bilan hamkorlikda öz biznesini yölga qöyişga ham yordam beradi.
"Bizning savdo uyimiz tojikistonlik xaridorlar va işbilarmonlarni özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning keng assortimentdagi tovarlari bilan taniştiradi. Biz ularni işlab çiqaruvçining özi bilan ham taniştiramiz, marketing va axborot-konsalting xizmatlarini körsatamiz, şu bilan birga eksport şartnomalarini moliyalaştirişga doir samarali sxemalarni işlab çiqişga yordam beramiz. Kompaniyamiz endigina iş boşlayotgan tadbirkorlarni ham, ançadan beri bu iş bilan şuğullanayotgan işbilarmonlarni ham qöllab-quvvatlaydi", - deydi u.













