Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiya hukumati rahbarlarini Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 73 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Maktublarda mamlakatlar fuqarolarini birlaştirib turuvçi Ikkinçi jahon uruşi haqida gap boradi. Ta'kidlanişiça, Ikkinçi jahon uruşi paytidagi askarlarning jasorati va qahramonligini, front ortidagilarning fidoyiligi kelajak avlodlarning qalbida abadiy qoladi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi uruş davridagi oğir sinovlarda yuzaga kelgan mustahkam döstlik an'analari davlatlararo munosabatlarning işonçli asosi bölib xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Dmitriy Medvedev öz hamkasblaridan uruş qatnaşçilari va front ortida xizmat körsatgan insonlarga özining ehtiromini yetkazib qöyişni iltimos qilgan.











