Iroq markaziy jinoiy sudi payşanba kuni turli davlatlardan kelgan sakkiz nafar ayolni umrbod ozodlikdan mahrum etiş haqida qaror çiqardi, ular IŞID terrorçilik guruhi faoliyatida iştirok etgan. Bu haqda Oliy sud kengaşi raisi, sudya Abdul Sattor Bayroqdor kengaş saytida xabar berdi.

"Markaziy jinoiy sud turli davlatlardan bölgan sakkiz nafar xorijiy terrorçi ayolni umrbod ozodlikdan mahrum qildi: Turkiyadan uç nafar, Ozarboyjondan uç nafar, Özbekistondan bir nafar va Suriyadan bir nafar", - deya aytib ötdi u.

Bayroqdorning aniqlik kiritişiça, hukm terrorçilik bilan kuraş töğrisidagi qonunning ikkinçi moddasiga muvofiq çiqarildi.

Iroq sudi aprel oyi oxirida Rossiyadan bölgan 19 ayol va Ozarboyjon hamda Tojikistondan kelgan ön nafar ayolni IŞID bilan hamkorlik qilgani uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi.