Ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarlik sodir etişda gumon qilinayotgan şaxsni özboşimçalik bilan jazolaş tasviri tuşirilgan videolavhalar köpayib qoldi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bölim boşliği Zafar Mustafoqulovning aytişiça, bunday harakatlarga heç kimning haqqi yöq.
«Konstitutsiyamizning 19-moddasiga muvofiq, fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir. Şaxsni uşbu erkinliklardan sud qarorisiz mahrum etişga yoki ularni çeklab qöyişga heç kim haqli emas. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda oşkora körib çiqilib, aybi aniqlanmagunça, u aybdor hisoblanmaydi», deydi u.
Zafar Mustafoqulovning fikriça, uşlaş boşqa, ayblaş boşqa. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 39-moddasida ta'kidlanganidek, maxsus vakolatli şaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvçi va boşqa fuqarolar ham xavfli qilmişni sodir etgan şaxsni uşlaş huquqiga ega.
«Biroq, ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan şaxsni hokimiyat organlariga topşiriş maqsadida emas, özboşimçalik bilan jazolaş uçun uşlaş - şaxsga qasddan zarar yetkaziş - qonunga xilof harakat hisoblanadi», deydi Adliya vazirligi bölim boşliği.
Ma'lumot uçun, özboşimçalik bilan şaxsni jazolamoqçi bölgan kişiga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda nazarda tutilgan jazolar tayinlanişi mumkin.











