«Liverpul» hujumçisi Muhammad Salohga bir tomçi suvdek öxşaş yigit Qohira köçalarida şov-şuv kötarişga muvaffaq böldi.
30 yoşli Ahmad Bahaa Misr poytaxtidagi kafelardan birida, Çempionlar Ligasi yarimfinalidan örin olgan «Roma» - «Liverpul» (4:2) öyinini tomoşa qilib, sevimli futbolçisining finalga yöl olganini barça qatori bayram qildi.
Qiyofadoşlarning juda öxşaşligi, xususan har ikkalasining soçi, soqoli, hatto kiyinişi ham bir xil ekani odamlarni hayron qoldirdi.
Qiziği şundaki, avvalroq futbolçi öz qiyofadoşi bilan uçraşişga ham muvaffaq bölgan.
«Muhammad Saloh meni körganida, hayratdan qotib qolgan. U mendan közgu oldida turganimda nimani his qilişimni söradi. Men undan kattaroqman, ammo juda öxşaşmiz.
Unga öxşaşligimdan faxrlanaman, çunki u ayni paytda misrliklarga quvonç keltirayotgan yagona insondir» - dedi Bahaa.











