Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti qo‘shinlar jangovar shayligini to‘satdan tekshirdi
Foto: turkmenistan.gov.tm
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov milliy armiya jangovar shayligini to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda "Neytralnyy Turkmenistan" gazetasi xabar bergan.
Turkmaniston rahbari payshanba kuni tong otishidan bir necha soat avval videoaloqa orqali Davlat xavfsizlik kengashi kotibi, mudofaa vaziri, general-polkovnik Yaylim Berdiyevga mamlakat Qurolli kuchlari bo‘linmalarini jangovar shay holatga tezkor tartibda keltirish haqida buyruq berdi.
Shundan so‘ng prezident o‘quv-mashg‘ulot poligonlaridan biriga kelib, zamonaviy harbiy-havo va maxsus texnika namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Berdimuhamedov kvadrosikllardan birini ham sinab ko‘rgan, u unda harbiy-transport samolyot ichiga kirib bordi. Turkmaniston rahbari qo‘shinlar, qurol va boshqa harbiy texnikani olib o‘tishga mo‘ljallangan bu samolyotning imkoniyatlari haqida ma'lumot oldi.
So‘ng Turkmaniston prezidenti qo‘mondonlik punktiga yo‘l olib, u yerdan mamlakat harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining poligondagi harakatlarini kuzatdi.
Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashining yig‘ilishini ham o‘tkazdi, unda harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlarining joriy yil to‘rt oyi davomidagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:03
Dunyodagi eng katta armiyalar: yetakchi davlatlar ma’lum bo‘ldi
17:56 / 07.05.2026
Armiyada sun’iy intellekt va dronlar davri: prezident yangi vazifalarni belgiladi
07:33 / 08.04.2026
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar
10:21 / 29.03.2026