Özbekiston xalqaro obligatsiyalar bozorida ilk bor 1 milliard AQŞ dollar qiymatidagi bondlarga ega bölişdan umidvor. Şunga qaramay, yakuniy qaror prezident tomonidan qabul qilinadi.
Joriy yilning fevral oyida Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov mamlakat 2018 yilda suveren kredit reytingini qölga kiritgan şaroitda birinçi marta 200-300 million dollar miqdorida yevrobondlar joylaştirişi haqida ma'lumot bergandi. Keyinçalik, bu raqam aslida 1 milliard AQŞ dollari atrofida bölişi kutilayotgani aytilgandi.
Xabar qilinişiça, reytingni oliş uçun «Yöl xaritasi»ni Citigroup (AQŞ) tayyorlaydi. U bilan tegişli memorandum allaqaçon imzolangan. Unga köra, Citibank moliyaviy konsultant sifatida iş boşlaşi mumkin.
Özbekistonning xalqaro obligatsiyalar bozorida öz örniga ega bölişi, mahalliy işlab çiqariş sektorlariga, şuningdek, bank-moliya taşkilotlariga past foizdagi xorijiy sarmoyalarni olib kiriş imkoniyatini oşiradi. Mamlakatning suveren reytingga ega bölmasligi uning sub'yektlarining - emitentlar, xususan, banklar va suğurta taşkilotlarining yuqoriroq moliyaviy reytingga da'vo qilişini qiyinlaştiradi. Mamlakat tomonidan bondlar çiqarilişi suveren reyting olişdagi dastlabki zaruriy qadamlardan biridir.
Özbekiston hukumati vakilining fikriga köra, Raiffeissen Bank International AG joriy yilda bondlarni yetkazib beruvçi moliya taşkiloti sifatida namoyon böladi. Şunday qilib, Özbekiston Markaziy Osiyoda Qozoğiston va Tojikistondan söng, yevrobondlarni joylaştiruvçi uçinçi davlat bölişi kutilmoqda. Aynan Tojikiston Respublikasi ham ötgan yili sentabr oyida 500 million AQŞ dollariga teng yevrobondlarni Raiffeissen kömagida muomalaga kiritgandi.
Ma'lumot uçun, ötgan ikki yil davomida Özbekiston iqtisodiyotida statistika raqamlarining tuşişi kuzatildi. Ammo, bu valyuta "qora bozor"iga barham beriş, valyuta liberallaşuvi, YaIM ösiş sur'atlari va makroiqtisodiy körsatkiçlar haqida real raqamlarni taqdim etiş bilan ifodalanadi.
Öylaymizki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşlagan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar tadrijiy öz hosilasini berib boradi, Özbekistonning xalqaro obligatsiyalar bozorida öz örniga ega bölişida muhim, eng asosiysi öz vaqtida qarorlar qabul qilinadi.
Alişer Rözioxunov,
Kun.uz jurnalisti











