Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Çarm-poyabzal va möynaçilik sohalarini rivojlantiriş va eksport salohiyatini oşirişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzAda e'lon qilindi.

Hujjat bilan “Özçarmimpeks” unitar korxonasini taşkil etiş va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilaş töğrisidagi taklifga rozilik berildi:

reklama tadbirlari va körgazmalar ötkaziş, şuningdek, Uyuşma a'zolari – taşkilotlarga marketing, axborot va konsalting xizmatlari körsatiş hisobiga çarm-poyabzal, çarm-attorlik, möynaçilik, qoraköl mahsulotlari va jundan işlangan mahsulotlar eksportini taşkil etiş;

çarm-poyabzal, çarm-attorlik, möynaçilik, qoraköl mahsulotlari va jundan işlangan mahsulotlarni komissiya şartnomalari böyiça va xorijiy şeriklar bilan töğridan-töğri tuzilgan eksport şartnomalari asosida, şuningdek, xorijda taşkil etiladigan savdo uylari orqali eksport qiliş;

tarmoq taşkilotlariga texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, xom aşyo va materiallar, aksessuarlar, furnitura, poyabzal qoliplari va boşqa buyumlar yetkazişda, jumladan, import qilişda kömaklaşiş.

“Özçarmimpeks” UKga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan, Uyuşma a'zolari – taşkilotlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.

“Özçarmsanoat” uyuşmasi Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Çarm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça öquv markazini taşkil etiş;

2018/2019 öquv yilidan boşlab Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida “Çarm va möynadan işlangan mahsulotlar texnologiyasi va ularni yaratiş”, “Texnologiyalar va uskunalar: çarm va möyna, qoraköl”, “Texnologiyalar va uskunalar: poyabzal va çarm-attorlik mahsulotlari” ta'lim yönalişlari böyiça mutaxassislar tayyorlaş;

çarm-poyabzal, möynaçilik, qorakölçilik tarmoqlari sohasida mutaxassislar tayyorlaş böyiça mavjud kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslaştiriş va yangi yönalişlarni oçiş orqali hududiy ixtisoslaştirilgan kasb-hunar kollejlarini taşkil qiliş;